09:11 / 20.02.2016
10449

Olland Rossiya va Turkiya o‘rtasida urush chiqishi xavfi borligini aytdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Suriya deb Rossiya va Turkiya o‘rtasida urush chiqishi xavfi borligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Olland bu haqda France Inter radiostansiyasi efirida aytib o‘tdi. U ixtilofning avj olmasligi uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Fransiya prezidenti "muzokaralar qayta boshlanishi, bombardimonlar to‘xtatilishi, insonparvarlik yordami yetkazilishi zarurligini" ta'kidladi.

Avvalroq Olland Rossiya hukumatini Suriya prezidenti Bashar Asad ma'muriyatiga yordam berishdan voz kechishga chaqirgandi.

Top