Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:06 / 21.02.2016
3892
1 daqiqa o‘qiladi
London meri Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatladi
London meri Boris Jonson Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatladi. U bu haqda Sky News telekanali efirida aytib o‘tdi.
Jonson jiddiy o‘ylardan keyin shunday qarorga kelganini aytgan.
Avvalroq Jonson Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishini qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilingandi.
Bunga javoban Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Jonsondan Yevropa Ittifoqidan chiqish kampaniyasiga qo‘shilmaslikni iltimos qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish