09:09 / 21.02.2016
4852

Romario Messi va Ronalduni o‘zi tuzgan futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar ro‘yxatiga kiritmadi

"Barselona" safidagi o‘yinlari bilan muxlislar sevimlisiga aylangan, Braziliya terma jamoa safida 1994 yili jahon chempioni bo‘lgan Romario o‘z talqini bo‘yicha futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar nomini sanab o‘tdi.

U o‘z ro‘yxatiga "Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi va "Real"ning portugaliyalik yetakchisi Krishtianu Ronalduga joy bermagan.

Romario birinchi o‘yinga vatandoshi Peleni loyiq deb topgan bo‘lsa, ikkinchi o‘ringa o‘zini qo‘ydi.
Uning versiyasi bo‘yicha futbol tarixidagi eng kuchli beshlik quyidagilar:

1. Pele
2. Romario
3. Diyego Maradona
4. Ronaldo
5. Zinedin Zidan

"Men ikkinchi o‘rinda bo‘lishga loyiqman", - dedi ayni vaqtda 50 yoshlda bo‘lgan sobiq futbolchi.

Romario 2009 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Uning 970 uchrashuv o‘tkazib 760ta gol urgani aytiladi. Futbolchining o‘zi esa faoliyati davomida 1000ta gol urganini aytadi.

Top