12:48 / 21.02.2016
3571

Suriyaning Homs shahrida 2ta terakt sodir bo‘ldi

Suriyaning Homs shahri markazida 2ta terakt amalga oshirildi.

SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, terakt natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor.

"Portlashlar Homs shahridagi Az-Zahro kvartalida joylashgan Sittin ko‘chasida sodir etildi. Bombalarning biri terrorchi hudkush tomonidan portlatildi", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Damashqda portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi. Lekin bu ma'lumot tasdiqlanmadi.

22 yanvar kuni ham IShID jangarilari Homsda 2ta terakt amalga oshirgandi. Bu terakt 22 kishini hayotdan olib ketgan.

Top