20:52 / 22.02.2016
2981

Afg‘onistondagi portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning markaziy qismidagi Parvon viloyatida portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Pajhwok agentligi.

Portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida politsiyalar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

"Tolibon" harakatining jangarilari ekanligi ehtimol qilinayotgan terrorchilar mamlakatning shimolidagi Puli-Xumri shahrida Baglan viloyati gubernatori o‘rinbosari idorasini raketalar bilan o‘qqa tutgan. Raketalardan biri bino tomini teshib o‘tgan. Hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 4 kishi yaralangan. Amaldorning o‘ziga hech narsa qilmagan.

Top