16:49 / 22.02.2016
2239

Ericsson Amazon veb-servislari bilan telekommunikatsion kompaniyalar uchun ittifoq tuzmoqda

Kompaniyalar tomonidan 22 fevral kuni berilgan ma'lumotga ko‘ra, mobil tarmoq mexanizmini ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniya hisoblangan Ericsson’ga operatorning telekommunikatsion mijozlariga xizmatlardan foydalanishda ko‘prik vazifasini bajarish imkonini beruvchi bitim tuzilgan.

Unga ko‘ra, Ericsson telekommunikatsion xizmatni yetkazib beruvchilarga Amazon “bulutli” xizmatini aniqlash, mijozlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ustidan nazorat o‘rnatish va ma'lumotlarni to‘liq shifrlash imkonini beradigan dasturiy ta'minotni taqdim etadi.

Moliyaviy shartlar oshkor etilmagan.

Dasturiy vositalarga qo‘shimcha sifatida Ericsson AWS “bulutli” xizmatidan foydalanish bo‘yicha ekpertlarning global jamoasini yaratishini ma'lum qilgan.

Ittifoqning ilk xaridori Avstraliya telekommunikatsion operatori Telstra bo‘lishi haqida fikrlar bildirilgan.

Top