Jahon | 07:05 / 22.02.2016
5679
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Liviya qirg‘oqlari yaqinida bortida IShID jangarilari bo‘lgan qayiq aviazarbalarga uchradi

Liviya qirg‘oqlari yaqinida, Sarbat shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bortida IShID jangarilari bo‘lgan qayiq aviazarbalarga uchradi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali ma'lum qildi. Hujum kim tomonidan berilgani aytilmagan.

19 fevralda AQSh harbiy-havo kuchlari O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan Sarbatdagi IShID lageriga zarba bergandi. Buning oqibatida 50 ga yaqin odam, jumladan 2015 yil noyabrda jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Serbiyaning Liviyadagi elchixonasining 2 xodimi ham halok bo‘lgan.

Pentagonda bu hujumlar o‘tkazilgani tasdiqlangan. Ta'kidlanishicha, bu hujumdan maqsad tunislik nufuzli jangarilardan biri, Tunisdagi ikkita yirik teraktga aloqador bo‘lgan Nuriddin Shushanni yo‘q qilish bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish