08:36 / 22.02.2016
2841

San-Bernardinodagi terakt jabrdiydalari Apple’ga qarshi chiqishmoqda

AQShning San-Bernardino shahridagi teraktda jabrlangan ba'zi odamlarning advokati Stiven Larsonning aytishicha, jabrdiydalar Apple kompaniyasiga qarshi chiqishmoqchi va kompaniyaning terrorchilardan birining iPhone’ini ochib berishdan bosh tortayotgani sababli jinoiy ish bo‘yicha sudga qo‘shimcha ma'lumotlarga ega yozma ariza bermishmoqchi.

Advokatning aytishicha, hujumda jabrlangan odamlar smartfondan olinishi mumkin bo‘lgan ma'lumotni bilishni istashmoqda. "Ularga terrorchilar hujum qilgan, ular bu qanday sodir bo‘lganini bilishmoqchi", deb aytdi advokat.

Biroq advokat necha kishining manfaatini himoya qilayotganini ma'lum qilmadi.

San-Bernardinodagi otishmada 14 kishi halok bo‘lgandi, 22 kishi jarohat olgandi.

Avvalroq Apple’ning ushbu mojaro bo‘yicha advokati Ted Olson smartfonning ochilishi haqidagi sud qarorini millionlab odamlarning shaxsiy hayotiga tahdid qiluvchi "Pandora qutisi ", ya'ni ortga qaytarib bo‘lmas og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holat, deb atadi.

Top