Jahon | 14:34 / 22.02.2016
26004
2 daqiqa o‘qiladi

Yashash uchun dunyodagi eng arzon mamlakatlar reytingi tuzildi

GOBankingRates xalqaro agentligining talqiniga ko‘ra, Qozog‘iston yashash uchun eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi. Mutaxassislar ijara uylari, oziq-ovqat va xizmatlar uchun ketadigan xarajatlari bo‘yicha aholining sotib olish imkoniyatlarini baholashdi.

Reyting dunyoning 112 davlati orasida 50ta eng arzon mamlakatni aniqladi. Agentlik mutaxassislari yashash sharoitini baholash uchun Nyu-Yorkdagi hayot darajasiga mezon qilib olishdi. Shunday qilib, qozog‘istonliklarning xaridorgirlik qobiliyati Nyu-York aholisinikidan 38,2 foizga past. Biroq ularning mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari 774,8 foizga, tovar va xizmatlar esa 68,7 foizga arzonroqdir.

“Qozog‘iston Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh bo‘lib, 18,2 million aholiga ega. Mahalliy iqtisodiyot neft, ko‘mir va temir rudasi kabi tabiat resurslariga tayanadi. Qozog‘istonda yashash arzonligini aholining iste'mol mollari va oziq-ovqat uchun sarflayotgan xarajatlariga nazar solib, bilish mumkin”, - deya qayd etadi agentlik mutaxassislari.

Yashash uchun eng arzon mamlakat sifatida Janubiy Afrika Respublikasi qayd etildi.

Ro‘yxatni Hindiston, Kosovo va Saudiya Arabistoni davom ettiradi. Rossiya 39-o‘rinni, Ukraina 24, Belarus esa 50 o‘rinni egalladi.

Hindiston

Kosovo

Saudiya Arabistoni