15:24 / 23.02.2016
4413

Bo‘kalik ot o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi fuqarolar guruh bo‘lib, aholining otlarini va qoramollarini o‘g‘irlab, sotib yuborishgan. Dastlab yaylovdan biya o‘g‘irlab, Ohangaronda 3 million so‘mga sotib yuborishgan. Keyinchalik Zangiota tumanida ham ot o‘g‘irlab, sotuvdan tushgan pullarni o‘zaro bo‘lib olishgan.

Tekin taomning ta'mi yoqib tushganmi, jinoiy guruh yana bir necha bor ana shunday jinoyatlarni sodir etgan.

Aniqlanishicha, jinoyatchilar tog‘a-jiyan bo‘lishgan. “Endigina mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yosh yigitni to‘g‘rilikka, halollikka undash o‘rniga unga o‘g‘rilikdan “saboq” berdi. Shu sabab, ming taassufki, umrining navqiron davrida u o‘g‘ri degan tavqi la'natga uchradi”, deb yozadi “Postda” nashri.

Ayblanuvchilarga JKning tegishli moddalariga muvofiq jazo tayinlangan.

Top