Sport | 14:13 / 23.02.2016
13106
2 daqiqa o‘qiladi

Abramovich «Chelsi»ning yangi murabbiyi kim bo‘lishini hal qildi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevro-2016 musobaqasi yakuniga yetgach, Angliyaning «Chelsi» klubi boshqaruvini qo‘lga oladi. Bu haqda Goal.com Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 46 yoshli mutaxassis «Chelsi» rahbariyati bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Hozircha shartnomaning muddati va moliyaviy taraflari ma'lum qilinmagan.

Konte shartnomasi mavsum yakuniga qadar tuzilgan Guus Xiddinkning o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq londonliklarni Massimiliano Allegri yoki Diyego Simeone boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Chelsi» murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ro‘yxati tuzildi

Daily Mail: Konte - «Chelsi» murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Manba: "Chelsi" Allegriga 4 yillik shartnoma taklif qildi

Simeone "Chelsi"ga o‘tishi uchun nima talab qilishini bayon etdi

Sampaoli «Chelsi» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar qatorida qayd etildi