12:26 / 23.02.2016
2307

Gvardiola: «Yuventus» standart vaziyatlardan unumli foydalanish borasida Yevropadagi eng kuchli jamoa»

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final doirasidagi «Yuventus» va «Bavariya» jamoalari uchrashuvi oldidan nemislar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola raqib borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bo‘lajak o‘yin barcha uchun ulkan tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Uchrashuv ajoyib duelga aylanadi. Biz «Yuventus»ni mag‘lubiyatga uchratishimiz uchun o‘zimizing eng yaxshi va eng aqlli o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Birinchi navbatda mezbonlarning tezlik bilan qarshi hujumga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimiz va standart vaziyatlarda e'tiborliroq bo‘lishimiz talab etiladi. «Yuve»ni standart vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha Yevropaning eng kuchli jamoasi deb hisoblayman», — deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Bavariya» rasmiy sayti.

Top