11:05 / 23.02.2016
3267

Indiana Jons haqidagi filmlar ustida ishlagan operator 104 yoshida vafot etdi

Indiana Jons haqidagi birinchi uchta franshiza (xalq og‘zaki ijodi yoki kimdir tomonidan o‘ylab topilgan yoxud kitob, kino, teleko‘rsatuv, videoo‘yin kabi ma'lum media mahsuli qahramonlari yig‘indisi – intellektual mulk) ni suratga olishda faol ishtirok etgan Britaniya kinematografiyasi veterani – Duglas Slokom 104 yoshida vafot etdi.

Slokom bosh rolni Xarrison Ford ijro etgan sarguzashtlar izlovchisi Indiana Jons haqidagi birinchi uchta film ("V poiskax utrachennogo kovchega" (Yo‘qotilgan kovchegni izlab, 1981), "Indiana Djons i xram sudby" (Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi, 1984) va "Indiana Djons i posledniy krestovyy poxod" (Indiana Jons va so‘nggi salib yurishi, 1989) ni suratga olishda rejissyor Stiven Spilberg bilan birga ishlagan.

Britaniyalik kino ustasining ishlari uch bor nufuzli “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan – “Djuliya” (Juliya, 1977) va "Puteshestviya s moyey tetey" (Xolam bilan sayoxat, 1972), shuningdek, “Indiana”ning birinchi filmi.

”Sluga” (Xizmatkor, 1963), “Velikiy Getsbi” (Buyuk Getsbi, 1974) va “Djuliya” (Juliya, 1977) filmlaridagi operatorlik ishlari uchun kino va televideniye san'ati Britaniya akademiyasining uchta mukofotiga loyiq topilgan.
2008 yili Duglas Slokom Britaniya Imperiyasining ordeni bilan taqdirlangan.

Top