18:22 / 23.02.2016
2246

Nyu-Yorkda Samsung 837 interfaol muzeyi qurildi

Nyu-Yorkda Janubiy Koreya kompaniyasining Samsung 837 nomini olgan interfaol muzeyi paydo bo‘ldi. Mazkur marketing markazi korporatsiya mahsulotlarini sotish uchun emas, faqatgina texnologiyalarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan

«Biz mijozlarni o‘z mahsulotlarimizga bog‘lab qo‘yish niyatida emasmiz», — deydi Samsung 837 bosh menejyeri Zak Overton.

Samsung`ning yangi marketing maydonchasi Manxettenning janubiy qismidagi eski tumanda joylashgan. Binoning umumiy maydoni — 5 ming kv. m. Markazning uch qavatini 55 dyuymli diagonal bilan Samsung 96 displeyidan tashkil topgan ekran egallab olgan.

Samsung 837 muzeyida shuningdek, ko‘rgazmali oshxona, kafe, audiovizual studiya, badiiy galereya va 90 kishilik auditoriyaga mo‘ljallangan teatr mavjud.

Shu kunga qadar bu kabi markazga faqat Apple komppaniyasi ega edi.

Top