18:25 / 23.02.2016
6534

Qozog‘istonlik erkak xotini iPhone 5S tutishni xohlagani uchun o‘z avtomobilini sotuvga qo‘ydi

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida yashovchi kishi o‘zining “Zaporojyets” rusumli avtomobilini smartfonga almashmoqchi.

1998 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni erkak 2 yil oldin sotib olgan.
Avtomobil egasi “Zaporojyets”ni Apple kompaniyasining iPhone 5S smartfoniga yoki 160 ming tangaga almashmoqchi.

Uning bunday yo‘l tutishiga ayolining iPhone 5S smartfonini tutishga bo‘lgan xohishi sabab bo‘lgan.

Uning bu taklifini qabul qiluvchi ko‘plab insonlar topildi. Ular orasida olmaotalik eski avtomobillar kolleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi insonlar ham bor.

Top