Jahon | 21:05 / 23.02.2016
14542
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Stalin va Beriyaga chechenlarni quvg‘in qilgani uchun lan'at aytdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov quvg‘in qurbonlarini xotirlash kuni Iosif Stalin va Lavrentiy Beriyaga chechen xalqini quvg‘in qilgani uchun lan'at aytdi. U bu haqda instagramdagi sahifasida yozdi.

Chechenistonda 23 fevralda chechen xalqini quvg‘in qilish qurbonlari eslanadi. Qodirov 72 yil avval Stalin chechen va ingush xalqlarini quvg‘in qilganini ta'kidlab o‘tdi.

"Operatsiyani Lavrentiy Beriya boshqargan. Ularga abadiy lan'atlar bo‘lsin! Ulug‘ vatan urushi frontlarida millionlab askar va zobitlar halok bo‘lgan, Stalin esa chechen xalqini jazolash uchun 120 ming kishi tashlagan. Operatsiya davomida 800 chechen otib tashlangan", deb yozdi Qodirov hamda chechen xalqi yo‘qotishlari uning sonidan 54 foizini tashkil qilganini ta'kidlab o‘tdi.

Qodirovning ta'kidlashicha, bundan bir necha o‘n yillar keyin "ma'suliyatsiz g‘alamislarning aybi bilan Chechenistonda ommaviy qurbonlar va vayronagarchiliklarga olib kelgan ikkita urush keltirib chiqarilgan.