Fan-texnika | 19:41 / 23.02.2016
8930
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 edge smartfonlari komplektini suv ostida ochib ko‘rishdi

Samsung kompaniyasi Galaxy S7 va Galaxy S7 edge smartfonlariga, foydalanuvchilar qaytarishni qattiq so‘rashgan suv va changdan himoya qo‘yilganini ma'lum qilgandi.

Gadjyetlar IP68 standarti bo‘yicha ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu degani smartfonlar suv ostida 1 metrdan ortiq chuqurlikda ham ancha vaqtgacha o‘z ish faoliyatini saqlab qola oladi. T-Mobile ushbu ma'lumotni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi va smartfon komplektini suv ostida ochib ko‘rishdi. Videoda boshlovchi Galaxy S7 korobkasini ochib ko‘radi va smartfon bilan taqdim qilingan komplekt haqida gapiradi.

Videoda smartfon haqida hozirgacha ma'lum bo‘lgan ma'lumotlardan ortiq hech narsa aytilmaydi, lekin shu o‘rinda smartfon nafaqat suvdan qo‘rqmasligi, balki shu sharoitda ishlashi, suv tagida rasmga ola olishini ko‘rishimiz mumkin.