Sport | 14:38 / 23.02.2016
4364
1 daqiqa o‘qiladi

Suares «Arsenal»ga qarshi o‘tadigan o‘yin uchun Londonga uchish oldidan pasportini uyda unutib qoldirdi

«Barselona» jamoasi hujumchisi Luis Suares «Arsenal»ga qarshi YeChL nimchorak finalida o‘tkaziladigan o‘yin uchun Londonga uchish oldida muammoga duch keldi. U aeroportga kelganida yonida pasporti bo‘lmagan.

Goal portalida yozilishicha, urugvaylik futbolchi aeroportga kelganidan so‘ng pasportini uyda unutib qoldirganini bilgan.

Shundan so‘ng, kataloniyaliklar jamoasi delegatsiya a'zolaridan biri futbolchining uyiga borib, pasportni olib qaytgan. Natijada, hujumchi jamoa bilan birgalikda Angliyaga uchib keta oldi.

«Arsenal» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 24 fevralga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat tungi 00:45da boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish