20:13 / 23.02.2016
3025

Sven-Yoran Eriksson: «Yaqin 10-15 yil ichida Xitoy jahon chempionatida g‘olib chiqishi mumkin»

Xitoyning «Shanxay Shenxua» jamoasi bosh murabbiyi, shvetsiyalik mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Xitoy terma jamoasi keyingi 10-15 yil ichida futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘la olishi mumkinligi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Xitoy futbolini yorqin kelajak kutmoqda. O‘ylaymanki, men o‘z vaqtida bu yerga keldim. Men bu yerdan ketmasligimni his qilmoqdaman, chunki Xitoy futboli tez suratlar bilan rivojlanishni boshladi.

O‘tgan asrning 90-yillarida Italiyada ishlagandim va o‘shanda barcha Italiya chempionatida o‘ynashni orzu qilardi.

Yangi asrning dastlabki o‘n yilligini Angliyada o‘tkazdim va bu davrda barcha APL jamoalaridagi katta pullar va ajoyib o‘yinlar uchun tumanli albionga kelishni istardi.

Bugun, 2016 yilda, ko‘pchilik Xitoyga intilmoqda. Chunki Xitoy jamoalari katta mablag‘lar sarflab, kuchayishni boshlashdi.

Ehtimolki, keyingi 10-15 yilda Xitoy terma jamoasi ham yetarli darajada kuchayib, jahon chempioni bo‘lishi mumkin», – deya Erikssonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian nashri.

Top