Jahon | 17:25 / 23.02.2016
5144
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada Boeing 737 samolyoti uchish arafasida yona boshladi

Yaponiyada, Sapporo shahridagi Sintitose aeroportida Boeing 737 rusumli yo‘lovchi samolyotining dvigateli samolyot uchish-qo‘nish yo‘lakchasida turgan vaqtda yona boshladi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilishicha, dvigateldan tutun chiqqach, bortdagi yo‘lovchilar orasida sarosimali holat boshlangan. Ular tez vaqt ichida evakuatsiya qilinishgan. Natijada reys bekor qilingan.

Samolyot bortida jami 159 nafar yo‘lovchi va ekipajning 6 nafar a'zosi bo‘lgan.

Yaponiya huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan 4 nafari tahlika yuzaga kelgan vaqtda kichik jarohat olgan. Ular ayni vaqtda shifokorlar nazoratida.

JAL (Japan Airlines) aviakompaniyasiga tegishli bu Boeing 737 Sapporodan Fukuokaga (Xokkaydo oroli) ichki reysni amalga oshirishi kerak bo‘lgan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish