20:17 / 24.02.2016
7194

“Majnun”filmi saundtrekini kim kuylashi ma'lum bo‘ldi

Internet tarmoqlari va sariq matbuotning markazida turgan “Majnun” filmiga oid yana bir yangilik. Shu kungacha filmga qaysi xonanda soundtrek kuylashi haqida ma'lum qilinmayotgan edi. Albatta, filmning muvaffaqiyati uchun xizmat qiluvchi vositalar qatorida saundtrekning ham alohida o‘rni bor. Shu bois, ijodkorlar uni kim kuylashi haqida ko‘p o‘ylashib, oxiri Shohruxxon variantida to‘xtalishgan ko‘rinadi.

Estrada xonandasi Shohruxxon Instagram’dagi sahifasiga “Majnun” filmiga oid suratlarni yuklab, saundtrek ustida ish boshlagani haqida ma'lum qildi.

Hozircha qo‘shiqning ijodkorlari guruhi va qachon taqdim etilishi haqida xabarlar yo‘q.

Top