13:10 / 24.02.2016
3685

6 milliard dollar yo‘qotgan J.P.Morgan Chase treyderi ahmoq bo‘lganligini aytib o‘tdi

London kiti nomi bilan mashhur treyder 2012 yildan beri sukut saqlayotgan edi, lekin ohiri The Wall Street Journal ga yozgan xati 23 fevral kuni chop etildi. 6 milliard dollarlik shartnomalar J.P.Morgan Chase rahbariyati tomonidan ruxsat berilgan edi. U o‘zini “balogardon bo‘lgan” deb hisoblaydi. Iskilning ta'kidlashicha, treyderlar orasidagi dushmanlari tomonidan voqea va bankning zarari ko‘pirtirilgan.
Iksilning fikriga ko‘ra, bank va ommaviy axborot vositalari 2012 yildagi voqealarda mening o‘rnimni noto‘g‘ri sharhlashgan. “Natijada meni bu voqeadagi bosh shahs qilib meni ko‘rsatishmoqda”, deydi treyder.

Avvalroq, J.P.Morgan Chase rahbariyati bu voqeaga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan.

2012 yil may oyida amerika banki Londondagi kredit instrumentlari savdosida ko‘rgan jiddiy zarar ko‘rgan edi. Bunga sabab, sarmoya bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan qo‘llanilgan himoya (xedjirovaniye) strategiyasining samarasiz va hafvli bo‘lib chiqqanligi. Keyinchalik esa, bank bu voqeada Iskil aybdor, chunki o‘zi dag‘al xatoga yo‘l qo‘ygan deb e'lon qildi.

19 sentabr 2013 yilda AQSh va Buyuk Britaniya hukumati J.P.Morgan Chasedan 920 million dollar to‘lashni talab qildi. “J.P.Morgan Chase o‘zining treyderlarini boshqara olmadi va buning oqibatida qiyin portfellik derivativlarda juda katta pozitsiyalarni ochib yuborib, keyinchalik esa bundan ko‘rilgan zararni qoplashga harakat qilishdi. Bu muammoni bankning top-boshqaruvchilari to‘g‘ri baholay olmay, sarmoyadorlar va tartibga soluvchilarga vaqtida xabar bermaganlar”, - deyiladi AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiyasi xabarida.

Top