Sport | 16:13 / 24.02.2016
4935
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina prezidenti Maradona va Messini o‘zaro taqqosladi

Argentina prezidenti Maurisio Makri terma jamoa sobiq futbolchisi Diyego Maradona va «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi.

«Final uchrashuvlariga men Maradonani tushirgan bo‘lardi, yakshanbalikka esa – Messini», — dedi Makri.

Qayd etib o‘tish joiz, 1995 yildan 2007 yilga qadar Makri o‘z vaqtida Diyego Maradona to‘p surgan «Boka Xuniors» klubiga prezidentlik qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish