Fan-texnika | 23:34 / 24.02.2016
3910
1 daqiqa o‘qiladi

Bentley 500 ot kuchiga ega sport sedani yaratdi

Britaniyaning Bentley avtomobilsozlik kompaniyasi Flying Spur V8 S deb nomlangan yangi sport sedani yaratganini e'lon qildi. Avtomobil to‘liq privodli bo‘lib, 528 ot kuchiga ega 8 silindrli dvigatel bilan jihozlangan hamda 100 km/soat tezlikka 4,9 soniyada erisha oladi. Avtomobilning maksimal tezligi 309 km/soatni tashkil qiladi.

Standart to‘plamdagi V8 S o‘z ichiga Piano Black bezaklari, uchta spitsali sport rul chambari, uzatmalar qutisi richagining taram-taram ko‘rinishdagi dastasini oladi. Rul chambari ostida joylashgan uzatmalar pereklyuchateli avtomobilni boshqarishning yanada qulayligini ta'minlaydi.

Bentley Flying Spur V8 S 2016 yilning 1-13 mart kunlari Jyenevada bo‘lib o‘tadigan avtosalonda rasman namoyish qilinadi.