08:52 / 24.02.2016
3229

YeChL: «Barselona» Messining dubli evaziga safarda «Arsenal»ni mag‘lub etdi

23 fevral oqshomida YeChL nimchorak final bosqichi doirasida "Arsenal" "Barselona"ni qabul qildi.

O‘yinning birinchi bo‘limida darvozalar muxlislar gol ko‘rishmadi. Birinchi bo‘lim boshida "Arsenal"da 2ta, bo‘lim so‘ngida "Barselona"da 2ta juda qulay imkoniyat yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘lim kataloniyaliklarning to‘la ustunligida o‘tdi. Mezbonlar ikkinchi bo‘lim boshidagi bosimini bartaraf etib, o‘zlari hujumga o‘ta boshlagan paytda, qarshi hujumda gol o‘tkazib yuborishdi. 71 daqiqada Suaresning uzatmasidan keyin Neymar too‘ bilpn jarima maydonchasiga kirib bordi va ochiq qoldirilgan Messini to‘p bilan ta'minladi. Argentinalik hujumchi esa yakkama-yakka vaziyatda Petr Chexni dog‘da qoldirdi. Bu uning o‘z faoliyatidagi Chex darvozasiga urgan ilk goli bo‘ldi.

O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida esa "Arsenal" himoyachisi Per Mertezaker to‘pni Messiga tashlab berdi, undan to‘pni olib qo‘yishga uringan Mate Flamini esa qo‘pollikka yo‘l qo‘ydi va Messini chalib yiqitdi. O‘yin hakami Junayt Chaqir belgilangan penalti zarbasini Lionelning o‘zi aniq amalga oshirdi - 0:2.

Shu tariqa, "Barselona" amalda chorak final yo‘llanmasini hal qilib qo‘ydi.

YeChL, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Arsenal Angliya – Barselona Ispaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 71 Messi, 0:2 – 83, penalti Messi.
Arsenal – Chex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Koselni, Remzi, Koklen (Flamini, 82), O‘zil, Oksleyd-Chemberlen (Uolkott, 50), Sanches, Jiru (Uelbek, 72).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitich, Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Monreal (6), Pike (85).

Top