20:57 / 24.02.2016
8289

Erdo‘g‘an: AQSh va Rossiya Suriya masalasidagi muzokaralarda nohaqlikka yo‘l qo‘yishdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha AQSh, Rossiya, Eron, Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan olib borilgan muzokaralarda nohaqlik bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv Asad rejimni qo‘llab-quvvatlashi va uning yanada ko‘proq odamlarni o‘ldirishiga yo‘l ochib berishi mumkin.

Bundan oldinroq, Erdo‘g‘an Turkiya nafaqat Suriya hududida, balki dunyoning istalgan nuqtasida terrorchilarga qarshi harbiy harakatlar olib borish huquqiga egaligi haqida aytib o‘tgandi.

Shu bilan birgalikda, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Numen Kurtulmus Turkiya Rossiya hamda AQShning Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini qutlagan.

Erdo‘g‘an: Suriya bo‘yicha muzokaralarda Turkiyaning manfaatlari ham hisobga olinishi kerak edi

Top