Fan-texnika | 23:59 / 24.02.2016
3092
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook «layk»ning beshta muqobil talqinini ishga tushirdi

Facebook «layk»ning beshta muqobil talqinini ishga tushirdi. Bu yangi belgilar yordamida foydalanuvchilar nafaqat "Menga yoqadi" deya olishadi, balki sevgi izhor qilish, kulish, hayron bo‘lish, g‘amginlik va g‘azabni ifodalashlari mumkin bo‘ladi.

Yangi his-tuyg‘uni qo‘yish uchun Facebook dasturida laykni bosish, veb-versiyasida esa uning ustiga kursorni olib borib, biroz kutib turish kerak bo‘ladi.

His-tuyg‘ularni sinovdan o‘tkazish 2015 yil oktabrda boshlangandi, o‘shanda bu imkoniyat ijtimoiy tarmoqning faqatgina ispan va irland versiyalarida ishlay boshladi. Endi xabarga smaylik qo‘yish imkoniyatidan barcha foydalanuvchilar foydalana oladilar.

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg yangi imkoniyatlarni e'lon qila turib, yangi smayliklar albatta ko‘pchilik foydalanuvchilar kutgan "Yoqmaydi" tugmasi emasligini, biroq ular xabarlarga yangicha munosabat bildirishga imkon berishini aytdi.