07:07 / 24.02.2016
2057

Gruziya va Xitoy erkin savdo tartibini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi

Gruziya va Xitoy erkin savdo tartibini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi, bu muzokaralarning birinchi bosqichi 22-23 fevralda Tbilisida o‘tdi. Bu haqda Gruziyaning iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi ma'lum qildi. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, muzokaralar davomida "tomonlar bo‘lg‘usi kelishuvning asosiy yo‘nalishlarini hamda yangi maslahatlashuvlarning o‘tkazilish jadvalini muhokama qildilar". Muzokaralarning keyingi bosqichi may oyida bo‘lib o‘tadi.  

Gruziya iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Gennadiy Arveladzening aytishicha, erkin savdo tartibi bo‘yicha muzokaralar 2016 yilning oxirigacha yakunlandi. Uning aytishicha, "erkin savdo haqidagi kelishuv kuchga kirgandan keyin gruziyalik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini Xitoyga qo‘shimcha boj to‘lovlarisiz yetkazib bera oladilar". 

1992 yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatgan Gruziya va Xitoy oxirgi ikki yilda iqtisodiyot, savdo, transport va madaniyat sohalarida hamkorlikni jadallashtirdi. 2016 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra, Xitoy Turkiya, Rossiya va Ozarbayjondan keyin, Gruziyaning 4-raqamli eng yirik tashqi savdo hamkori bo‘lmoqda. Xitoy Gruziyada bir qator yirik investitsion loyihalarni amalga oshirmoqda. 2015 yil gruzin vinolarining Xitoyga eksporti 2014 yilga nisbatan 107 foizga oshgan. Shuningdek, 2015 yilda Xitoyning bir nechta rasmiy delegatsiyasi Tbilisiga safar uyushtirgan, Xitoyga javob safarlarini 2015 yilning iyulida Gruziya qishloq xo‘jaligi vaziri Otari Daneliya va sentabrda o‘shandagi bosh vazir Irakliy Garibashvili uyushtirishgan.   

Top