Javohir Zokirov: “Hilol Nasimovning bironta ham filmi yoqmaydi”
“Sotqin”, “Baron” kabi filmlardagi esda qolarli rollari bilan tomoshabin ko‘nglini zabt etgan aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” tahririyatining “Yulduz-onlayn” loyihasida ishtirok etdi. Onlayn-muloqotda aktyor muxlislar tomonidan yo‘llangan 40ga yaqin savollarga javob berdi.
Aktyorning javoblaridan kelib chiqqan holda, uning hayoti va ijodiga tegishli qiziqarli 10ta faktni keltirib o‘tamiz:
• Aktyor qanday vaziyatda bo‘lishidan qat'i nazar, unga topshirilgan vazifani albatta bajaradi;
• U bo‘sh vaqtining deyarli barcha qismni oilasi davrasida o‘tkazadi;
• O‘zbek rejissyorlaridan Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Zulfiqor Musoqovning filmlarida rol ijro etmagan bo‘lardi (Agar juda katta gonorar to‘lashsa, bu haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin);
• Hayotdagi armoni vaqtni behuda ishlarga sarflagani, kayf-u safoga berilgani, kam kitob o‘qiganida deb biladi;
• U otasi, xalqning sevimli aktyori Jamshid Zokirovning o‘limidan so‘ng hayoti mutlaqo ijobiy tomonga o‘zgargani, otasi kabi yaxshi inson bo‘lishga intilayotganini aytib o‘tdi;
• Yoshligida bog‘bon bo‘lishni orzu qilgan;
• Aktrisalardan Lola Eltoyeva, Dilorom Egamberdiyeva ijodini hurmat qiladi;
• Rejissyor Hilol Nasimovning bironta filmini yoqtirmaydi;
• U “Baron” filmning davomi suratga olinishini aytib o‘tdi.;
• Aktyor endilikda estrada olamida ham ijod qilishni rejalashtirgan.