KXDRda 70 kunlik targ‘ibot boshlandi
Shu yilning may oyida boshlanuvchi Koreya mehnat partiyasining (KMP) yettinchi yig‘ilishi munosabati bilan KXDRda rahbariyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 70 kunlik “sadoqat targ‘iboti” boshlandi. Bu haqida Yuqori halq yig‘ini (parlament) prezidium raisi Kim Yon Nam Pxenyanda bo‘lib o‘tgan KMPning Markaziy Qo‘mita (MQ) Politbyurosi yig‘ilishida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, “yangi marralarga va mehnat yutuqlariga erishish KMP vakillarining o‘zlari qatnashishlari shart”.
Parlament rahbari shuni ta'kidladiki, “Amerika Qo‘shma Shtatlari halq respublikasini bo‘g‘ishga harakat qilayotgan bir paytda, partiya vakillari uning buyukligini ko‘rsatib, mamlakatimizni rivojlanishlariga hissa qo‘shishlari lozim”.
Yig‘ilishda KMPga, viloyat partiya qo‘mitalari kotiblari, harbiy kuchlar, mehnat jamoalari, vazirliklar va idoralar nomzodlari qatnashishdi.
Avvalroq, MQ va KMPning harbiy markaziy komissiyasi KMPning VII yig‘iniga 370dan ortiq shiorlar tayyorlangan. KXDR matbuotining xabariga ko‘ra, bu forum “Kim Ir Sen va Kim Chen Ir buyuk partiyasining pozitsiyalarini kuchaytirish bo‘yicha tarixiy hodisa bo‘ladi”, va u “marshal Kim Chen Inning to‘liq g‘alabasini tezlashtirishni ta'minlaydi”.
Mamlakat OAVining eng faol targ‘ibi forumga qaratilgan.
36 yil ichida birinchi marta chaqirilgan yig‘in KMP Politbyurosining o‘tgan yili oktabrdagi qaroriga asosan tashkillashtirilmoqda. Kun tartibi aniqlashtirilmagan, lekin ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, e'tibor ko‘proq iqtisodiy muammolarga qaratiladi. Oxirgi marta, KMPning VI yig‘ini 1980 yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan.
Vakillar iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qilib, KXDRning 7 yillik rivojlanish (1978-1984 yillar) rejasini qabul qilingan.