15:41 / 24.02.2016
2651

Nepalda qulagan kichik samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgani tasdiqlandi

Nepal tog‘larida 24 fevral kunining birinchi qismida g‘oyib bo‘lgan kichik yo‘lovchi samolyotning qoldiqlari topildi. Reyter agentligi xabarida aytilishicha, samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, samolyot qoldiqlari Soli-Gxobtebxir tumani hududida topilgan.

«Samolyot bortida bo‘lgan barcha 23 kishi halok bo‘ldi», – deyiladi mamlakat turizm vazirligi bayonotida.

Bundan oldinroq, Tara Air aviakompaniyasining Twin Otter samolyoti dispetcherlar bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygani, shundan beri undan xabar olish imkoniyati bo‘lmagani haqida xabar berilgandi. Bortida 18 yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan samolyot Pokxaradan Jomsom shahriga parvozni amalga oshirayotgan edi.

Top