00:20 / 24.02.2016
4188

OChL, 1-tur: "Bunyodkor" mehmonda "Al-Nasr" bilan durang natija qayd qildi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Al-Nasr" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi.

"Bunyodkor" futbolchilari Hamdamovning dubli va Shokir Zuagining gollariga mezbon jamoa futbolchilari Mirzejyevski, Al-Sehri va Abdulg‘ani javob qaytarishdi.

"Bunyodkor" g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq xotirjamlikka berilgan Sergey Lushan shogirdlari ikki marta hisobda oldinda bora turib, hisobni durang ko‘rinishga olib kelishdi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" Saudiya Arabistonidagi safaridan bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

OChL, 1-tur. "V" guruhi
“Al-Nasr" - "Bunyodkor" — 3:3
Gollar: Mirzejyevski (45+1) Al-Sehri (79), Abdulg‘ani (85) - Hamdamov (3), Zuagi (33), Hamdamov (75)
"Al-Nassr": Abdulloh Al Enizi, Muhammad Hussayin, Omar Xavsavi, Xolid Al Gamdi, Hussayin Sulaymoni, Ibrohim G‘olib, Abdulaziz Jyebrin, Shaya Sharahili, Markinos, Adrian Miyerzejyevski, Naif Hazazi.
"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Akram Komilov, Aleksandr Alempiyevich, Rustam Ashurmatov, Shokir Zuagi, Minori Sato, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev, Eldor Shomurodov.

Top