O‘zbekiston | 16:35 / 24.02.2016
43985
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarning vizasiz borishi mumkin bo‘lgan 52 ta mamlakat ro‘yxati

Henley & Partners va Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi(IATA) yillik hisobotini e'lon qildi. Hisobotda 200 ta davlatning viza tartiblari tahlil qilingan. Unga ko‘ra, ro‘yxatning yuqori pog‘onasidan Germaniya va Shvetsiya mamlakatlari o‘rin olgan. Germaniya fuqarolari 177 mamlakatga, Shvetsiyaliklar 176 mamlakatga vizasiz borishi mumkin. Uchinchi o‘rinni bir yo‘la 5 mamlakat—Finlyandiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Britaniya egalladi.

O‘zbekiston bu ro‘yxatda 85-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, respublika fuqarolarining vizasiz borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni 52 ta. Quyida ko‘rsatilgan mamlakatlarga ko‘rsatilgan muddatga vizasiz borib kelish mumkin:

Shimoliy va Lotin Amerikasi:
Dominika (21 kun)
Barbados 28 kun
Antigua va Barbuda (1 oy)
Sent-Vinsent va Grenadina (1 oy)
Ekvador (3 oy)
Gaiti (3 oy)
 
Viza mamlakatga yetib borgandan keyin rasmiylashtiriladi:
Boliviya
Yamayka
Nikaragua
 
Afrika:
Seyshel orollari (1 oy)
Namibiya (2 oy)
 
Viza mamlakatga yetib borgandan keyin rasmiylashtiriladi:
Mali
Gambiya
Burundi
Kabo-Verde
Komorskiye ostrova
Jibuti
Gvineya-Bisau
Keniya
Madgaskar
Mavrikiy
Mozambik
Togo
Uganda
Zambiya
 
Yevropa:
Rossiya
Belarus
Armaniston
Gruziya
Kosovo (90 kun)
Moldova (90 kun)
Ukraina (90 kun)
 
Okeaniya:
Ostrova Kuka (1 oy)
Mikroneziya Federativ Shtatlari (1 oy)
Niue (1 oy)
Tuvalu (1 oy)
Samoa (60 kun)
 
Viza mamlakatga yetib borgandan keyin rasmiylashtiriladi:
Palau
 
Osiyo:
Qozog‘iston
Malayziya (30 kun)
Turkiya (30 kun)
Qirg‘iziston (60 kun)
Ozarbayjon (90 kun)
 
Viza mamlakatga yetib borgandan keyin rasmiylashtiriladi:
Iordaniya
Kamboja Laos
Livan
Makao
Maldiv
Nepal
Shri Lanka
Suriya Tailand
Timor-Leshti
 
Qayd etish kerakki, xorijga chiqish uchun “Xorijga chiqish uchun ruxsat berish yozuvi”(stiker yoki OVIR) talab qilinadi. U O‘zbekistondagi yashash joyidan fuqarolik pasportiga qo‘yiladi va amal qilish muddati ikki yil. Bordiyu stiker shikastlansa, xorijga chiqishga ruxsat berilmaydi.
 
Stikersiz chiqish mumkin bo‘lgan mamlakatlar: Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston(60 kungacha) Moldova, Ukraina.