Jahon | 17:25 / 24.02.2016
10940
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Asad bilan Suriya sulhini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefonda suhbatlashdi.

“Suriyani qo‘llab-quvvatlash Xalqaro guruhi hamraislari Rossiya-Amerikaning 2016 yil 27 fevraldagi Suriyada jangovor xarakatlarni to‘xtatish bayonotini amalga oshirish masalalarini hal etish maqsadi asosida Suriya inqirozining turli jabhalarini muhokama qildilar”, deyiladi Kreml matbuot xizmati ma'lumotida, xabar beradi TASS.

Bundan tashqari, Putin va Asad IShID, “Jabxat an-Nusroy” va boshqa BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli ro‘yxatiga kiritilgan terroristik guruhlarga qarshi murosasiz kurash olib borishning muhimligini alohida qayd etishdi.

Qo‘shma Shtatlar harbiy mansabdorlari Rossiya Suriya sulhi shartlarini bajarishiga shubha bilan qarayotgani va Rossiya hukumatiga kuchliroq ta'zyiq o‘tkazish rejasini tayyorlash niyatida ekanliklari ham ma'lum bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish