Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:13 / 25.02.2016
1866
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliya Indoneziyada teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi
Avstraliya hukumatining rasmiy saytida sayyohlarni ogohlantirish maqsadida tavsiyanoma nashr qilindi. Unda avstraliyaliklar Indoneziyada sodir etilishi mumkin bo‘lgan teraktlardan ogoh qilingan.
"Guvohlardan olingan ma'lumotlar asosida jangarilar Indoneziyada bir qator hujumlar sodir etish rejasi haqida ogohlantiramiz", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bundan oldinroq Avstraliya hukumati Malayziyada terakt sodir etilishi ehtimolidan ogohlantirgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish