Sport | 08:47 / 25.02.2016
18720
1 daqiqa o‘qiladi

Darvozabonning kulgili xatosi Turkmaniston jamoasiga OFK Kubogi o‘yinida g‘alaba keltirdi

Turkmanistonning "Oltin Asr" jamoasi OFK Kubogi doirasida Livanning "Al-Ahad" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Bu o‘yinda turkmanlar jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Birinchi gol livanliklar darvozabonining qo‘pol xatosi tufayli yuzaga keldi. U bu vaziyatda jamoadoshi ortga yumalatgan to‘pni o‘tkazib yuboradi va uni darvoza chizig‘ini kesib o‘tgunicha quvib yeta olmaydi. Bu goldan keyin livanliklar vaziyatni o‘nglasha olmadi va yana bir gol qo‘yib yuborishdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s