YeChL. «Manchester Siti» safarda «Dinamo Kiyev»ni mag‘lub etdi
24 fevral oqshomida YeChLning nimchorak final bosqichi doirasida Kiyevning "Dinamo" klubi o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi. Uchrashuvda Pellegrini shogirdlari ikkita to‘p bilan g‘alaba qozonishdi.
Birinchi bo‘limda Aguero va David Silva manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda Buyalskiy farqni bittaga qisqartirdi.
O‘yin tugashi arafasida Yahyo Ture jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bilan hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi.
Javob o‘yini 3 haftadan so‘ng "Ettihad" stadionida o‘tkaziladi.
YeChL, 1/8 final, dastlabki o‘yin
Dinamo Kiyev Ukraina – Manchester Siti Angliya 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Aguero, 0:2 – 40 Silva, 1:2 – 58 Buyalskiy, 1:3 – 90 Ture.
Dinamo Kiyev – Shovkovskiy, Danilo Silva (Makarenko, 66), Xacheridi, Dragovich, Vida, Garmash (Velozu, 31), Ribalka, Buyalskiy, Yarmolenko, Teodorchik (Morayes, 46), Gonsales.
Manchester Siti – Xart, Sanya, Kompani, Otamendi, Klishi, Fernando, Ture, Fernandino, Silva, Sterling, Aguero (Ixeanacho, 90).