20:56 / 25.02.2016
3987

Yevroparlament Saudiya Arabistoniga qurol-aslaha yetkazib berishga embargo kiritishga chaqirdi

Yevroparlament a'zolari ko‘pchilik ovoz bilan Yevropa Ittifoqini Saudiya Arabistoniga qurol-aslaha yetkazib berishga embargo kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyaning qabul qilinishiga ovoz berishdi. Bu haqda rezolyutsiyaning qabul qilinishi tashabbusini bildirgan parlament guruhi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, bu rezolyutsiya Bryusselda Yevroparlament yalpi sessiyasida qabul qilindi.

Avvalroq OAVda Saudiya Arabistoni Suriya muxolifatiga raketalar yetkazib berishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top