Jamiyat | 21:13 / 25.02.2016
8155
1 daqiqa o‘qiladi

Joli va Kluni "eng chiroyli keksayayotgan kinoyulduzlar" sifatida qayd etildi

Mashable nashri dunyoning "eng chiroyli keksayayotgan" mashhurlari ro‘yxatini tuzdi. Nashrning qayd etishicha, bu yulduzlar keksaygan sari xuddi uzoq saqlangan vinoning yaxshilanishi kabi yanada ko‘rkamlashib bormoqda.

Xususan, reytingda 40-yoshli Anjyelina Joli va 54-yoshli Jorj Kluni, shuningdek 46-yoshli Jyennifer Lopes, 73-yoshli Xarrison Ford va 40-yoshli Sharliz Teron joy olgan.

Bundan tashqari, ro‘yxatda 70-yoshli Helen Mirren, 43-yoshli Idris Elba, 49-yoshli Holli Berri va 44-yoshli Jada Pinkett Smit nomlari bor.

Reyting mualliflari Salma Xayyek (49 yosh), Sofiya Vergara (43 yosh) va Jon Xemm (44 yosh) kabi mashhurlarga e'tibor qaratishmagan.

43-yoshli Dueyn Jonson, 53-yoshli Stiv Karell, 47-yoshli Xyu Jyekman, 50-yoshli Joan Rouling, 52-yoshli Mishel Obama, 81-yoshli Meggi Smit va 78-yoshli Jyeyn Fond kabi mashhurlar ham ro‘yxatdan o‘rin olishgan.