18:07 / 25.02.2016
23010

O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi uchun to‘lovlar miqdori qancha?

Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar uchun bu yilgi to‘lov miqdori 2015 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekistton Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaror asosida belgilangan. Bu haqida Xalq ta'limi vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Fayzulla Ahmedov “Darakchi” gazetasi orqali ma'lumot berdi.

5 kunlik bog‘cha uchun
Toshkent shahri, viloyatlar va tuman markazlaridagi MTMlarda:
- bola ilk yosh guruhiga qatnasa, 9,5-10 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 83 300 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 59 200 so‘m, 12 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 109 700 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 78 700 so‘m;

- Bola maktabgacha (3 yoshdan 7 yoshgacha) guruhga qatnasa, 9-10,5 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 110 500 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 78 500 so‘m. 12 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 131 400 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 94 400 so‘m, 24 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 144 300 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 103 200 so‘m qilib belgilangan.

6 kunlik bog‘cha uchun
Toshkent shahri, viloyatlar va tuman markazlaridagi MTMda:
- bola ilk yosh guruhiga qatnasa, 9,5-10 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 99 100 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 69 600 so‘m, 12 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 130 600 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 93 500 so‘m;

- Bola maktabgacha (3 yoshdan 7 yoshgacha) guruhga qatnasa, 9-10,5 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 156 400 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 111 900 so‘m. 24 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 171 800 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 122 100 so‘m qilib belgilangan.

Viloyatlarda:

5 kunlik bog‘cha uchun
Viloyatlar va tumanlarning chekka qishloq hududlaridagi MTMda:
- bola ilk yosh guruhiga qatnasa, 9,5-10 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 59 100 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 54 100 so‘m, 12 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 77 900 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 71 400 so‘m;

- Bola maktabgacha (3 yoshdan 7 yoshgacha) guruhga qatnasa, 9-10,5 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 78 500 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 71 700 so‘m. 12 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 93 300 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 93 400 so‘m, 24 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 85 400 so‘m, 24 soatli muassasada esa bir nafar bola uchun 102 500 so‘m, ikki yoki undan ortiq bola uchun 92 600 miqdorida belgilangan.

6 kunlik bog‘cha uchun
Viloyatlar va tumanlarning chekka qishloq hududlaridagi MTMda:
- bola ilk yosh guruhiga qatnasa, 9,5-10 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 70 400 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 63 700 so‘m, 12 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 92 700 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 83 500 so‘m;

- Bola maktabgacha (3 yoshdan 7 yoshgacha) guruhga qatnasa, 9-10,5 soatli muassasalarda bir nafar bola uchun 93 400 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 84 700 so‘m. 12 soatlik muassasalarda bir nafar bola uchun 111 000 so‘m, ikki yoki undan ortiq bola uchun 99 800 so‘m, 24 soatli muassasalarda esa bir nafar bola uchun 122 000 so‘m, ikki va undan ortiq bola uchun 111 000 so‘m qilib belgilangan.

Top