Sport | 14:35 / 25.02.2016
3915
1 daqiqa o‘qiladi
Roy Kin Yaya Turening «Dinamo»ga qarshi o‘yindagi harakatlarini tanqid qildi
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin «Manchester Siti» futbolchisi Yaya Turening Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalidagi «Dinamo» Kiyevga qarshi uchrashuvidagi (3:1) o‘yini borasida fikrini bildirdi.
«Yaya Turening kayfiyati yaxshi bo‘lganida ajoyib futbol namoyish etadi. Kechagi o‘yinda unga hujumga qo‘shilishi uchun ko‘p sharoit yaratib berishdi.
Umuman olganda uning o‘yini meni g‘azablantiradi. Chunki uni ko‘p o‘yinlarda umuman tayyor bo‘lmagan holatidayam tushganini ko‘rganman. Unga orqaga qaytib o‘ynash yoqmay qolgan. U ancha qarib qoldi», – deya ta'kidladi Kin.
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo»ga qarshi uchrashuvda Ture bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.