Yosh bolani avtohalokatdan asrab qolgan qahramon (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda 19 fevral kuni Tyachevshchine (Ukraina) ning "Mukachevo-Rogatin" avtotrassasida sodir bo‘lgan kuzatuv kameralaridan olingan yo‘l transport hodisasi video paydo bo‘ldi.
Videoga ko‘ra, kichkina bola trassani kesib o‘tayotganda bir yigit orqadan yugurib kelib, bolani ushlab oladi, lekin avtomobil ularning ikkovini ham urib yuboradi, deb xabar beradi tsn.ua.
Hodisa natijasida jabrlanganlar jiddiy jarohat olmaganlar. Qahramon yigit Grushovo qishlog‘ilik 30 yoshli Ivan Pitux, voqea ham uning do‘koni oldida sodir bo‘lgan.
“Men bu oilani taniyman. Ular mening do‘konimdan omuxta yem olgani kelishgandi. Birdan bolakay o‘zidan o‘zi yo‘lga yugurib ketdi. Men uning orqasidan yugurib olib o‘tib ketmoqchi edim. Chunki 4 yoshli bolani mashina urib yuborishidan qo‘rqib ketdim. Bu holatda haydovchi aybdor emas, deb hisoblayman. Chunki bolaning o‘zi kutilmaganda yugurib yo‘lga chiqib ketdi”.