11:48 / 26.02.2016
3090

Britaniya o‘yinchoq do‘konida Ikkinchi jahon urushiga tegishli granata topildi

Uelsdagi Nyuport shahri o‘yinchoqlar magazinida Ikkinchi jahon urushiga tegishli granata topildi. O‘sha zahoti magazin evakuatsiya qilingan.
Voqea joyini politsiya o‘rab oldi, keyin mutaxassislar granatani magazindan olib chiqib ketishdi.

Topilma bolalar o‘yinchoqlari solingan savatchada bo‘lgan. Magazin boshqaruvchisi Syu Xemfrisning aytishicha, granata magazinda bir necha haftadan beri “yashagan”, “Biz uni tpib olganimizda qo‘rqib ketmadik”, -qo‘shimcha qildi u.

Magazin xodimlari internet orqali bu eski granata ekanligini aniqlashgan.
Politsiya bu granata unchalik katta xavf solmaganini bildirdi.

Top