Sport | 20:47 / 26.02.2016
3935
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA prezidentligi uchun saylovning 1-bosqichida Infantino eng ko‘p ovoz oldi

Bugun, 26 fevral kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFAning navbatdan tashqari kongressi o‘tkazilmoqda. Kongress qatnashchilari bo‘lgan 207 federatsiya tashkilotning yangi prezidentini saylashadi.

Birinchi turdayoq prezident etib saylanish uchun, nomzodlardan biri umumiy ovozlarning 2/3 qismiga ega bo‘lishi talab etilardi.

Birinchi raund natijalariga ko‘ra shahzoda Ali - 27 ovoz, shayx Salmon - 85 ovoz, Jyerom Shampan - 7 ovoz, Janni Infantino esa 88 ovoz oldi.

Birinchi turda g‘olib aniqlanmagach, keyingi turlar o‘tkazilishi belgilangandi. Unga ko‘ra nomzodlar 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashiga to‘g‘ri keladi. Agar turlar 2 yoki undan ortiq bo‘lsa so‘nggi o‘rinni olgan nomzod saylov marosimining keyingi raundida ishtirok etmaydi.

Ovoz berish yashirin tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

G‘olib 4 yil muddat davomida tashkilotga prezidentlik qiladi.

FIFA prezidentligi uchun saylov kunida nomzodlarning biri kurashdan chiqdi

FIFA prezidenti vakolatlarini cheklash uchun ovoz berildi