Fan-texnika | 20:44 / 26.02.2016
3043
1 daqiqa o‘qiladi

Fitbit 2015 yilda Apple’ga nisbatan 2 barobar ko‘proq "aqlli" soat sotdi

Apple kompaniyasi Apple Watch soatlari 2015 yilda 11,6 mln dona sotildi va bu ko‘rsatkich bilan kompaniya “aqlli” soatlar bozorining 15 foizini egalladi.

Apple’dan yuqoriroqda Xiaomi kompaniyasi joylashdi. U bozorning 15,5 foizini band qildi.  Bu natijaga erishishiga Xitoy kompaniyasining hamyonbop gadjyetlarga e'tibor qaratgani sabab bo‘lgan.

Birinchi o‘rinni 21 mln dona gadjyet sotgan Fitbit kompaniyasi egalladi.

4 va 5 o‘rinni Garmin hamda Samsung kompaniyalari egalladi.

2015 yilda umumiy hisobda 78 mln dona “aqlli” soat, braslet va shu kabi boshqa gadjyetlar sotilgan. Bu 2014 yildagi nisbatan 172 foizga ko‘proqni tashkil qiladi.