Hillari Klintonning IShID so‘zi talaffuzi bilan o‘xshash laqabli mushugi bo‘lganini eslab qolishdi
AQSh prezidentligi uchun saylovda demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Hillari Klintonning Aysis laqabli mushugi bo‘lganiga e'tibor qaratishdi. New York Daily News nashrida yozilishicha, bu so‘z IShID so‘zining inglizcha abbreviaturasi (ISIS) kabi o‘qiladi.
O‘z navbatida Klinton xonimning mushugiga laqab Qadimgi Misr ilohalaridan biri Isida sharafiga berilgani aytilgan.
Klinton xonimning uyidagi bu jonivor haqida 25 fevral kuni Politico nashri muxbiri Karli Karioli o‘z tvitterida AQShning sobiq davlat kotibi xotiralaridagi suratlardan birini nashr qilgach bilib qolishdi. Kariolining aytishicha, unga 16 yoshli qizi Klinton xonimning Aysis laqabli mushugi bo‘lgani haqida aytgan.
Hillari Klintonning xotiralari yozilgan Living History nomli kitob 2003 yilda nashrdan chiqqandi. Hillari Klinton bu mushugini ko‘tarib tushgan surati 1959 yilda, u 12 yoshda ekanida olingan.
Text from my 16-year-old daughter: "Hillary Clinton had A CAT NAMED ISIS!" pic.twitter.com/eLwz1yIN13
— Carly Carioli (@carlycarioli) 25 fevralya 2016 g.
Hozircha Hillari Klintonning vakillari bu xabarga munosabat bildirishmagan.