Sport | 10:56 / 26.02.2016
3011
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Terri mashina urib ketgan qizchaga yordam ko‘rsatdi

«Chelsi» jamoasi himoyachisi Jon Terri mashina urib ketgan 9 yoshli qizchaga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bergan.

Manbaning yozishicha, voqea futbolchining Surrey grafligidagi uyi yaqinida ro‘y bergan.

Guvohlardan biri aytishicha, Terri yo‘lda yotgan, o‘tkinchi mashina urib ketgan qizni ko‘rgach, adyol olib kelib, uni o‘ragan va tez tibbiy yordam chaqirib, shifokorlar kelgunicha uning yonida bo‘lgan. Qizaloqni urib ketgan shaxs esa voqea joyidan ketib qolgan.

Ayni vaqtda qizcha shifokorlar nazoratida, uning boshi jarohatlangan, lekin hayotiga xavf tahdid solmayapti.