10:28 / 26.02.2016
2303

Kerri: AQSh arab davlatlari bilan IShIDga qarshi quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh bir qator arab davlatlari bilan ularning takliflari bo‘yicha quruqlikdagi kuchlarni IShIDga qarshi qo‘llash bo‘yicha dastlabki maslahatlashuvlarni olib bormoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Kerri AQSh Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA va Ummon bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi, biroq "muzokaralar boshlang‘ich bosqichda turgani" sababli uning detallarini aytishdan bosh tortdi.

"Ular IShIDga qarshi kurashda foydali bo‘lishga tayyorliklarini aytdilar", deb aytdi Kerri.

Top