Jahon | 10:36 / 26.02.2016
2406
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft san-bernardinolik terrorchining iPhone’ini ochish muammosi bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi

Microsoft kompaniyasi San-Bernardinoda terakt uyushtirganlardan birining iPhone’ini ochish ishi bo‘yicha o‘zining ekspert xulosasini bermoqchi, deb xabar bermoqda RNS nashri.

"Biz Microsoft’da Apple’ni qo‘llab-quvvatlaymiz va keyingi haftada ekspert xulosasini beramiz", deb aytdi kompaniya prezidenti Bred Smit.

Smitning ta'kidlashicha, "sud 21-asr texnologiyalari muammolarini arifmometrlar davrida yozilgan qonunlar bilan hal qilishga urinmasligi kerak". Uning fikricha, bu muammo borasidagi yakuniy qaror AQSh kongressida qabul qilinishi lozim.

Avvalroq AQSh adliya vazirligi Apple kompaniyasidan san-bernardinolik terrorchining telefonidan tashqari, yana bir nechta iPhone’ga qirishni Federal qidiruvlar byurosi tergovchilariga taqdim qilishni so‘ragani ma'lum qilingandi.