Jamiyat | 17:03 / 26.02.2016
2681
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi aholi turar joylarida 660 mingdan ziyod lampa o‘rnatildi

2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida 2015-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish yuzasidan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari belgilandi.

Xususan, “Issiqlik markazi” korxonalari tasarrufidagi qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, nasos stansiyalaridagi 41 nasos va 164 elektr dvigatelini almashtirish rejalashtirilgan. Bu haqida Nukusda bo‘lib o‘tgan energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminarda ma'lum qilindi.

“O‘tgan yili 200 ta byudjyet muassasasiga tegishli 650 isitish qozonxonasi, suv xo‘jaligi stansiyalaridagi nasos va elektr dvigatellari almashtirildi, aholi turar joylarida 660 mingdan ziyod lampa o‘rnatildi”, deb yozadi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.